ZOOMORF IBORALARDA LINGVOMADANIYATNING AKS ETISHI
Keywords:
frazeologiya, lingvomadaniyat, tuya, oq tuya, lingvokulturologiya, zoomorf, zoomorf frazeologiya, zoonim, zoomorflar, zoofrazeologizm.Abstract
Ushbu maqolada zoomorf frazeologizmlarning lingvomadaniy va geografik xususiyatlari, xususan, “tuya” obrazining frazeologik birliklardagi aks etishi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida turli tillardagi "tuya" komponentli frazeologizmlar qiyosiy o‘rganilib, ularning semantik, stilistik hamda geografik jihatlari tahlil qilinadi. "Tuya" obrazi ko‘proq cho‘l va yarim cho‘l hududlariga xos bo‘lgan xalqlarning tilida faol qo‘llanilishi, bu esa ularning hayot tarzi, tabiiy muhit va iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, ushbu frazeologizmlarda xalqning mentaliteti, madaniy qadriyatlari va dunyoqarashi qanday aks etishi ilmiy-nazariy asosda izohlanadi. Maqola etnolingvistika, frazeologiya, madaniyatshunoslik va geografik tilshunoslik uchun dolzarb bo‘lib, til va madaniyatning mintaqaviy xususiyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.