ZOOMORF IBORALARDA LINGVOMADANIYATNING AKS ETISHI

Authors

  • Fayzullayeva Nilufar Otabekovna Buxoro Davlat Pedagogika Instituti I kurs magistranti Author

Keywords:

frazeologiya, lingvomadaniyat, tuya, oq tuya, lingvokulturologiya, zoomorf, zoomorf frazeologiya, zoonim, zoomorflar, zoofrazeologizm.

Abstract

Ushbu maqolada zoomorf frazeologizmlarning lingvomadaniy va geografik xususiyatlari, xususan, “tuya” obrazining frazeologik birliklardagi aks etishi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida turli tillardagi "tuya" komponentli frazeologizmlar qiyosiy o‘rganilib, ularning semantik, stilistik hamda geografik jihatlari tahlil qilinadi. "Tuya" obrazi ko‘proq cho‘l va yarim cho‘l hududlariga xos bo‘lgan xalqlarning tilida faol qo‘llanilishi, bu esa ularning hayot tarzi, tabiiy muhit va iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, ushbu frazeologizmlarda xalqning mentaliteti, madaniy qadriyatlari va dunyoqarashi qanday aks etishi ilmiy-nazariy asosda izohlanadi. Maqola etnolingvistika, frazeologiya, madaniyatshunoslik va geografik tilshunoslik uchun dolzarb bo‘lib, til va madaniyatning mintaqaviy xususiyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2025-04-10

Issue

Section

Articles

How to Cite