POKISTON SIYOSIY RAHBARLARIYATINING BOBURIYLAR TARIXIGA BO‘LGAN MUNOSABATI VA BU BORADAGI SA’Y-HARAKATLARI
Keywords:
Boburiylar, Pokiston rahbarlari, madaniy meros, tarixiy yodgorliklar, Boburiylar davlatchiligi, islom sivilizatsiyasi, Lahor qal’asi, Badshohi masjidi, Pokiston tarixi, Imron Xon, Muhammad Ali Jinnah, Zulfiqor Ali Bhutto, Parvez Musharraf.Abstract
Ushbu maqolada Pokiston rahbarlarining Boburiylar tarixiga bo‘lgan e’tibori va ularning madaniy, siyosiy va ilmiy merosini qanday baholagani tahlil qilinadi. Boburiylar imperiyasining Pokiston hududidagi izlari, ularning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi va turli rahbarlar tomonidan bu merosning qanday talqin qilinganligi yoritiladi. Xususan, Muhammad Ali Jinnah, Zulfikar Ali Bhutto, Parvez Musharraf va Imron Xon kabi yetakchilarning Boburiylar tarixiga nisbatan qarashlari va ularning ushbu merosni targ‘ib etishdagi roli tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, Pokistondagi tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va Boburiylar madaniy merosini tiklash borasidagi hukumat tashabbuslarini ham ko‘rib chiqadi.
