KODEKS KUMANIKUS QO’LYOZMASIDA KELGAN QADIMGI TURKIY XALQLARDA RAMZIY MA’NO AKS ETTIRUVCHI UY HAYVONLARI TAHLILI
Keywords:
xonakilashtirilgan, interlingvistika, sutemizuvchi, pragmalingvistika, uy hayvonlari, arxeologik, , etimologik, onomastika, zoonimiya, semantik tahlil, yirtqich, paleantologik, zoonimlar tadqiqi, leksik qatlam, paleontologik, adekvat tarjima, struktur-gramatik.Abstract
Mazkur maqolada XIII-XIV asrlardagi qadimgi turkiy xalqlar tarixidagi eng qimmatli mabnalardan biri “Kodeks Kumanikus” (Qumanlar qomusi) qo’lyozmasida uchraydigan, hozirgi o’zbek tilidagi talaffuzi bir xil, sutemizuvchilar, toq tuyoqlilar, juft tuyoqlilar oilasiga mansub ayrim hayvon nomlari lingvistik jihatdan tahlil qilinib, ularning hozirgi kundagi zamonaviy ingliz tilidagi adekvat tarjimalari haqida so’z yuritiladi. Mazkur zoonimlar yaxlit lug’at shaklida kelib, tarjimasi va qiyosiy tahlili berib ketilgan. Qiyosiy tahlilda, ayniqsa ingliz tiliga eng to’g’ri variantda tarjima qilishda qadimgi turkiy tillar etimologiyasiga bag’ishlangan inglizcha lug’atdan foydalanilgan. Shuningdek, ushbu tahlil qilingan zoonimlarning qadimgi turkiy xalqlarda aks ettirgan ramziy ma’nolariga ham atroflicha to’x’talib o’tilgan.
