ANTROPONOMIK BIRLIKLARNING IKKI TILLI O’QUV LUG’ATLARDA QO’LLANILISHI
Keywords:
antroponimlar, ikki tilli lug‘at, o‘quv lug‘ati, leksikografiya, tarjima ekvivalentlari, madaniy izoh.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy ikki tilli o‘quv lug‘atlarida antroponomik birliklarning berilishi, ularning funksional vazifasi, tasnifi va leksikografik talqini tahlil qilinadi. Deskriptiv, qiyosiy va leksikografik tahlil usullariga tayangan holda shaxs ismlari, familiyalar, tarixiy shaxslar nomlari, mifologik obrazlar hamda madaniy jihatdan belgili antroponimlarning ingliz–o‘zbek va o‘zbek–ingliz lug‘atlarida qanday izohlanishi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari antroponimlarning lug‘atlarga kiritilishi mazkur birliklarning qo‘llanish chastotasi, madaniy ahamiyati, pedagogik vazifasi va lug‘at tipiga bog‘liq ekanini ko‘rsatdi. Xulosa sifatida antroponimlarning izchil va mantiqiy asosda berilishi til o‘rganuvchilarning madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirishi hamda ikki tilli leksikografiyaning samaradorligini oshirishi ta’kidlanadi.
