OLIY PEDAGOGIK TA’LIMDA TALABALARNI DARSDAN TASHQARI O‘QUV-TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING MAVJUD IMKONIYATLARI
Keywords:
pedagogik ta’lim, tarbiyaviy faoliyat, darsdan tashqari ishlar, o‘quv-tarbiyaviy tizim, kompetensial yondashuv, ijtimoiy faollik, kasbiy tayyorgarlik, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim, tarbiyaviy muhit, innovatsion texnologiyalar.Abstract
Mazkur maqolada oliy pedagogik ta’lim tizimida talabalarni darsdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Darsdan tashqari faoliyatni tashkil etishning maqsadi, mazmuni va texnologik mexanizmlari aniqlanib, pedagogik ta’limda talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Tadqiqotda tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan va kompetensial yondashuvlar asosida talabalarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlik darajasini oshirishning ilmiy modeli ishlab chiqilgan. Natijalar oliy pedagogik ta’limda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning innovatsion yo‘nalishlarini ko‘rsatib, kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni shakllantirishning samarali yo‘llarini aniqlaydi.
