DUNYOVIY VA DINIY DUNYOQARASH: TARKIBIY TUZILISHI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI
Abstract
XXI asrga kelib jahonda insoniyatning moddiy va ma’naviy hayotida yuz berayotgan jarayonlar odamlarning tabiat, jamiyat va inson tafakkuri haqidagi mumtoz qarashlarni tubdan o’zgartirib yubormoqda. Chunki, tabiat sirlarini yanada chuqurroq bilish orqali yangi nanotexnologiyalar olamining kashf etilishi, jamiyat hayotining rivojlanish qonuniyatlarini anglash natijasida yangicha demokratik tamoyillarga asoslangan xalqchil davlatlarning shakllanib borishi, ma’naviyat olamida din omilining ijtimoiy vaqt oralig’ida olamda tinchlikni saqlash, barqaror rivojlanishni taminlash tomon yuz burayotganligi, ayni vaqtda ilm-fan yutuqlaridan ommaviy qirg’in qurollarini yaratish, ularni sotish, odam savdosini avj oldirish orqali katta foyda ko’rish, millatshilik, irqshilik, diniy radikalizm, ektremizm kabi g’oyalarini ilgari surib urush olovlarini yoqish natijasida siyosiy hokimiyatni qo’lga kiritish, qisqasi bo’lingan dunyoni qayta bo’lish uchun kurashlar ham avj olmoqda. Bu voqea, hodisa, jarayonlarning barchasi u yoki bu mazmun va shakldagi dunyoviy va diniy dunyoqarashlarning hosilasi sifatida bo’y ko’rsatmoqda.
