ISLOMDA AYOLNING MAQOMI VA HUQUQLARI: TARIXIY VA ZAMONAVIY QARASHLAR
Keywords:
Islom, ayol, huquq, maqom, Qur’on, hadis, oilaviy qadriyatlar, gender tengligi, fiqh.Abstract
Mazkur maqolada Islom dinida ayolning maqomi va huquqlari Qur’oni karim, hadislar hamda fiqhiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Islomdan avvalgi jamiyatlarda ayollarning ijtimoiy mavqei, Islom davrida ayol huquqlarining qayta tiklanishi, shuningdek, zamonaviy davrda Islom qadriyatlari asosida ayolning oilaviy, ijtimoiy va ma’naviy hayotdagi o‘rni yoritilgan. Qur’oni karimning an-Niso va an-Nahl suralaridagi oyatlar, Imom Buxoriy va Imom Termiziyning hadislaridan dalillar keltirilib, ayolning insoniy qadr-qimmati, mulkka egalik, ta’lim olish, nikoh va mehnat huquqlari kabi masalalar yoritiladi. Tadqiqot shuningdek, zamonaviy dunyoda ayol huquqlari masalasiga nisbatan g‘arb va islomiy konsepsiyalar o‘rtasidagi tafovutlarni ham tahlil qiladi.
