SUD — QONUN USTUVORLIGI VA INSON HUQUQLARI KAFOLATI

Authors

  • Sh.Muhammadjonov Farg‘ona davlat universiteti universiteti Huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Author

Keywords:

sud hokimiyati, qonun ustuvorligi, inson huquqlari, adolat, xolislik, sud mustaqilligi, fuqarolik ishlari, Qo‘qon tumanlararo sudi, sud qarori, huquqiy davlat.

Abstract

Mazkur maqolada sud hokimiyatining qonun ustuvorligi va inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Muallif sud tizimining jamiyatdagi ijtimoiy hamda huquqiy ahamiyatini ochib beradi, sud jarayonining inson ruhiy holatiga ta’siri, sud qarorlarida adolat, xolislik va qonuniylik tamoyillarining amalga oshirilishini yoritadi. Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining amaliy misolida sud faoliyatida adolat tamoyilining namoyon bo‘lishi tahlil etilgan. Maqolada sud tizimining mustaqilligi, sudyalar mas’uliyati va fuqarolarning huquqiy himoyasini ta’minlashda sudning o‘rni huquqiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan.

Downloads

Published

2025-10-20

Issue

Section

Articles

How to Cite

SUD — QONUN USTUVORLIGI VA INSON HUQUQLARI KAFOLATI. (2025). The Conference Hub, 53-54. https://theconferencehub.com/index.php/tch/article/view/573