INGLIZ VA O‘ZBEK MAQOLLARIDA LOKAL QADRIYATLAR SEMANTIKASI

Authors

  • Oʻqituvchi Bo‘riyeva Shahnoza G‘ofur qizi Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi Author

Keywords:

maqol, semantika, qadriyatlar, lokal qadriyatlar, qiyosiy tahlil, madaniyatlararo kommunikatsiya.

Abstract

Mazkur tadqiqot ingliz va o‘zbek maqollarida ifodalangan lokal va global qadriyatlarning semantic xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqollar xalqning dunyoqarashi, madaniy merosi va ijtimoiy qadriyatlarini yorituvchi muhim til birliklari sifatida namoyon bo‘ladi. Ingliz maqollarida individualism, pragmatism va erkinlik g‘oyasi yetakchi o‘rin tutsa, o‘zbek maqollarida jamoaviylik, hamjihatlik va an’anaviy qadriyatlar ustuvorligi kuzatiladi.. Tadqiqotda maqollarning lingvistik va madaniy qiyosiy tahlili orqali ular orasidagi umumiy (global) va milliy (lokal) semantik jihatlar aniqlanadi. Shuningdek, maqollarda aks etgan qadriyatlar xalqning tarixiy tajribasi va ijtimoiy hayoti bilan bog‘liqligi izohlanadi. Olingan natijalar madaniyatlararo kommunikatsiya, tarjimashunoslik hamda tilshunoslikning qiyosiy tadqiqotlariga amaliy hissa qo‘shishi mumkin.

Downloads

Published

2025-09-27

Issue

Section

Articles

How to Cite

INGLIZ VA O‘ZBEK MAQOLLARIDA LOKAL QADRIYATLAR SEMANTIKASI. (2025). The Conference Hub, 41-44. https://theconferencehub.com/index.php/tch/article/view/516