J. F. KUPER ROMANLARIDA MILLIY OZODLIK G‘OYASINING EPIK TALQINI

Authors

  • Qosimov Anvar Bahron o‘g‘li Shahrisabz davlat Pedagogika Instituti o‘qituvchisi Author

Keywords:

J. F. Kuper, milliy ozodlik, epik talqin, tarixiy roman, amerika romanchiligi, milliy uyg‘onish, o‘zbek romanchiligi.

Abstract

Mazkur maqolada amerikalik yozuvchi Jeyms Fenimor Kuper (1789–1851) romanlarida milliy ozodlik g‘oyasining epik talqini keng yoritiladi. Yozuvchi ijodi Amerika mustaqilligi jarayonining badiiy ifodasi sifatida namoyon bo‘lib, uning romanlarida ozodlik g‘oyasi ikki asosiy yo‘nalishda – tarixiy-ijtimoiy va shaxsiy-insoniy talqinlarda tasvirlangan. Asarlarda milliy ozodlik qahramonlar xarakteri, tabiat obrazlari va epik syujet dinamikasi orqali keng miqyosda ifodalangan. Tadqiqotda Kuper romanlari qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganilib, o‘zbek romanchiligidagi milliy ozodlik g‘oyalari bilan qiyoslandi. Xususan, A. Qodiriy, Cho‘lpon va Oybek romanlarida xalqning milliy o‘zligini anglash, ozodlik va mustaqillik g‘oyalari qanday talqin qilingani tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Kuper romanlarida milliy ozodlik g‘oyasi nafaqat Amerika xalqi uchun, balki butun insoniyat uchun umuminsoniy qadriyat sifatida talqin etilgan bo‘lib, uning ijodi milliy o‘zlikni anglash, istiqlol qadriyatlarini shakllantirish va romanchilik rivojida muhim o‘rin egallaydi.

Downloads

Published

2025-09-22

Issue

Section

Articles

How to Cite

J. F. KUPER ROMANLARIDA MILLIY OZODLIK G‘OYASINING EPIK TALQINI. (2025). The Conference Hub, 30-35. https://theconferencehub.com/index.php/tch/article/view/509