TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA MEXMONXONALARNI O‘RNI

Authors

  • G. T. Iskandarova t.f.d. professor Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi mudiri Author
  • Kalbayeva U. Sh. mustaqil izlanuvchi Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi mudiri Author

Abstract

Aksariyat mamlakatlar, xususan, iqtisodiy o‘tish davridagilar uchun turizmni rivojlantirish milliy daromadni diversifikatsiya qilish, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash va ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirishning muhim vositasiga aylanmoqda. Turizmning rivojlanishi xorijiy valyuta oqimi, aholi bandligini oshirish hamda kichik va o‘rta biznes sohasining kengayishi hisobiga yalpi ichki mahsulot o‘sishiga xizmat qiladi. Turizm tufayli infratuzilma rivojlanadi, mahalliy aholining turmush tarzi yaxshilanadi. Xorijiy tillar va milliy merosni bilish orqali aholining madaniy savodxonligi yuksaladi. Turizm madaniy an’analar va hunarmandchilikni saqlashga yordam berishi bilan ham ahamiyatlidir. Mamlakatning chet ellik sayyohlar uchun nechog‘lik jozibadorligini ko‘rgan aholida o‘z yurtiga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi [1].

Downloads

Published

2025-09-04

Issue

Section

Articles

How to Cite

TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA MEXMONXONALARNI O‘RNI. (2025). The Conference Hub, 47-49. https://theconferencehub.com/index.php/tch/article/view/474