INNOVATSION TEXNOLOGIK TOPSHIRIQLAR ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KREATIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH MODELINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Hozirgi kunda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ularning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish, o‘z ustida izchil ishlashi va kasbiy jihatdan doimiy takomillashuvini ta’minlovchi innovatsion o‘qitish metodlarining joriy etilishi muhim ilmiy-pedagogik ahamiyatga ega. Mazkur yo‘nalishdagi yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-sonli farmonida belgilangan vazifalar, ya’ni oliy ta’lim tizimida zamonaviy bilimlar va innovatsion yondashuvlar asosida pedagogik kadrlar salohiyatini oshirish, kreativ va tanqidiy fikrlovchi yosh mutaxassislarni tayyorlash talablariga hamohangdir.
